AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Mahmud Komiljonov vafot etdi

'O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Mahmud Komiljonov vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Mahmud Komiljonov vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar bermoqda.

Mahmud Komiljonov 1938 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O`zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

O`z faoliyatini "O`sh haqiqati" gazetasida boshlagan.  1968 yildan "Toshkent oqshomi" gazetasida bo`lim mudiri lavozimida ishlagan.

Uning "Sizni izlab qaydan toparman", "Sizni sevardim" va boshqa to`plam asarlari, dramaturgiya janrida yozilgan "Sirtmoq", "Qo`shni qizga uylanaman", "Tarsaki" va ko`plab pesalari poytaxt hamda viloyat teatrlarida sahnalashtirilib, tomoshabinlar e`tirofiga sazovor bo`lgan.

Boshqa yangiliklar