AsosiyJamiyat

Oliy Majlis Senati tomonidan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko`rik-tanlovi e`lon qilindi

'Oliy Majlis Senati tomonidan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko`rik-tanlovi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko`rik-tanlovini o`tkazish bo`yicha Nizomga asosan Senatning Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi tomonidan tanlov e`lon qilindi.

Ko`rik-tanlovda ijtimoiy tashabbuslarni qo`llab-quvvatlashda yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji uchun tashabbus ko`rsatayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab-quvvatlagan, jumladan, yoshlarni kasb-hunarga o`rgatish, ularning bandligini ta`minlash, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etgan tuman (shahar) hokimliklari, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlik sub`ektlari, jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.

Ko`rik-tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

Birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida iyul-avgust oylarida;

Ikkinchi bosqich – viloyatlar miqyosida (birinchi bosqich g`oliblari o`rtasida) sentyabr-oktyabr oylarida;

Uchinchi bosqich – respublika (ikkinchi bosqich g`oliblari o`rtasida) noyabr oyida;

Tanlov o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish;
  • ijtimoiy tashabbuslar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab-quvvatlash;
  • ijtimoiy tashabbus yordamida hududdagi ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilash;
  • mamlakatimizda ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik e`tiborini keng jalb etish;
  • ijtimoiy tashabbus ko`rsatgan ishtirokchilarning ilg`or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ`ib qilish.

Boshqa yangiliklar