Yaqinda Toshkentda bo`lib o`tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi xorij ommaviy axborot vositalari diqqat markazida turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Shu munosabat bilan ushbu mavzuga oid ekspertlar baholari va tahliliy materiallar chop etilmoqda.
Mazkur jarayonda, ayniqsa, o`zbekistonlik tahlilchilarning mamlakatimiz tomonidan keng miqyosdagi transmintaqaviy o`zaro bog`liqlikni shakllantirish bo`yicha ilgari surilayotgan strategiyaning mohiyati haqidagi fikr-mulohazalari alohida qiziqish uyg`otmoqda. Shu ma`noda, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o`rinbosari Akromjon Ne`matov va institutning etakchi ilmiy xodimi Azizjon Karimov maqolasi dunyoning qator ommaviy axborot vositalari sahifalarida chop etildi.
O`zbekistonning zamonaviy rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boradigan "Diplomat Magazine" jurnali (Gollandiya) ushbu mavzuni yoritgan navbatdagi nashr bo`ldi.






