AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qo`l urgan shaxslarning ro`yxati ochiq elektron tarzda e`lon qilinadi

'Korrupsiyaga qo`l urgan shaxslarning ro`yxati ochiq elektron tarzda e`lon qilinadi'ning rasmi

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri yuritiladi. Bu haqda Huquqiy axborot ma`lum qildi.

“Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo`lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri” yuritiladi.

Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

 davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;

 saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko`rsatilishi;

davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a`zoligiga kiritilishi;

 ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;

 davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo`lgan tashkilotlar hamda davlat ta`lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.

    Boshqa yangiliklar