AsosiyJamiyat

Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulki deklarasiya qilinadi

'Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulki deklarasiya qilinadi'ning rasmi

Avvalroq, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo`lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

 Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o`rinbosarlari, ularning turmush o`rtog`i va voyaga etmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklarasiya qilish tizimi joriy etiladi.

Deklarasiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto`g`ri ma`lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo`ladi.

 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablag`larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo`lish taqiqlanadi.

 Mansabdorning o`z shaxsiy manfaati majburiyatlarini ob`ektiv va xolis bajarishiga ta`sir ko`rsatuvchi yoki ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan vaziyatlar manfaatlar to`qnashuvi hisoblanadi.

 Manfaatlar to`qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo`yicha chora ko`rmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:

● Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro`yxatini belgilash;

● Korrupsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;

● daromadlar va mol-mulkni deklarasiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o`rnatish;

● korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga engillashtiruvchi normalar qo`llanilishiga cheklovlar belgilash;

● “Manfaatlar to`qnashuvini tartibga solish to`g`risida”gi;

● “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklarasiya qilish to`g`risida”gi.

    Boshqa yangiliklar