AsosiyJamiyat

"Bizda cheklovlar "orqasi"da hech kimi yo‘q, oddiy odamlar uchun ishlatiladi". Rasul Kusherbayev karantinning zaif tomoni haqida gapirdi

'"Bizda cheklovlar "orqasi"da hech kimi yo‘q, oddiy odamlar uchun ishlatiladi". Rasul Kusherbayev karantinning zaif tomoni haqida gapirdi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev karantin bo`yicha o`rtatilgan qo`shimcha cheklovlar yuzasidan munosabat bildirdi:

Karantin bo`yicha qo`shimcha cheklovlarning zaif tomoni shundaki, bu amalda katta natija bermay, aksincha aholining hukumat va huquq tartibot idoralari xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin.  

Chunki birinchidan, bunga amalda rioya etilishini to`liq nazorat qilish mexanizmi yo`q. Sababi  amalda biz "zo`r"lar to`y va ma`raka o`tkazishda odam soni cheklanishiga rioya qilmaganligiga ko`p guvoh bo`ldik. Cheklovlar ko`pincha "orqasi"da hech kimi yo`q, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi.  

Ikkinchidan, bu joylarda karantin koidalarini cheklab o`tib ishlash istagida bo`lganlar va nazoratchilar o`rtasida korrupsion holatlarni oshirishi mumkin. Chunki, soliq, kredit va boshqa majburiy to`lovlar cho`zilsa ham biroq to`liq bekor qilinmadi.  

Uchinchidan, karantin qoidalari bekor qilinmagan bir vaqtda joylarda minglab odamlarni to`plab o`tkazilgan konsert  tomoshalari misolida karantin qoidalariga rioya etishda ikkiyuzlamachilik ishining yuksak cho`qqisi ko`rindi: senga mumkinmas, bizga mumkin.  

Shu bois, cheklov haqida gap ketganda, odam soniga qaramay yo to`liq cheklash, yoki to`liq ruxsat berish lozim, shu jumladan to`y va oilaviy tadbirlarga ham. Bo`lmasa bu cheklovlar ham  "kimdir to`y o`tkazib olishi uchun", degan fikr paydo qiladi.

Keyin kasallikka qarshi ommaviy emlashni ham ixtiyoriylikdan majburiylikka o`tkazish kerak vassalom. Shunda kutilgan natijaga tezroq erishiladi.

    Boshqa yangiliklar