AsosiyJamiyat

Kirish imtihonida eng yuqori ball to`plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etildi

'Kirish imtihonida eng yuqori ball to`plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etildi'ning rasmi

2021/2022 o`quv yilidan boshlab davlat oliy ta`lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta`lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to`plagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilindi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra:

  1. muayyan ta`lim sohasi uchun ajratilgan kvota bo`yicha so`nggi o`rindagi abiturient va u bilan bir xil ball to`plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da`vogar bo`ladi;
  2. Prezident grantiga da`vogar bo`lgan abiturientlar davlat granti asosida o`qishga qabul qilinadi;
  3. Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “a`lo” baholarga o`qigan, ma`naviy-ma`rifiy va ilmiy-tadqiqot yo`nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da`vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi;
  4.  o`tkazilgan tanlov natijalariga ko`ra g`olib bo`lgan talabalarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va to`lanadi;
  5.  o`qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo`yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo`shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar