Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan «Chimqo`rg`on» suv omborida 17 yoshli futbolchi A. T. cho`kib ketdi. Bu haqida «Nasafnews» xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, voqea bugun tushlik paytida sodir bo`lgan. A. T «Chimqo`rg`on» suv omboriga cho`milish uchun borgan va cho`kib ketib, vafot etgan.
Bu ma`lumotni «Nasafnews»ga Qamashi tumani hokimligi axborot xizmati ham tasdiqladi. Axborot xizmati rahbari Nurbek Rasulovning aytishicha, marhum yigitning jasadi ekspertizadan o`tkazish uchun olib ketilgan.
Marhum 17 yoshli yigit «Qamashi» futbol klubining eng yosh futbolchisi hisoblangan. Jamoaning yaqinda DXX kubogini qo`lga kiritishida uning ham katta hissasi bo`lgan.






