"Uzbekistan Airways" AJ Toshkent – Navoiy – Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirayotganligini eslatadi, deya xabar bermoqda milliy aviakompaniya Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, parvozlar haftasiga ikki marta - seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent – Navoiy yo`nalishida aviachipta 213 322 so`mdan, Toshkent – Navoiy – Toshkent yo`nalishidagi aviachiptalar esa 376 451 so`mdan boshlanadi.
Narxlar 06.07.2021 holatiga ko`ra amal qiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.
Aloqa-markazi raqami: +998 78 140 02 00 (kecha-kunduz).






