AsosiyJamiyat

Emlash ishlari boshlangandan buyon O'zbekistonda 4,3 milliondan ortiq vaksina qo`llanildi

'Emlash ishlari boshlangandan buyon O'zbekistonda 4,3 milliondan ortiq vaksina qo`llanildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 6 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 136 288 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. 

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar: 93358 nafarni, 

2-bosqichda: 20916 nafarni,

3-bosqichda: 22014 nafarni tashkil qildi.


Shu kunga qadar mamlakatimizda jami 4361222 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:

1-bosqichda emlanganlar – 2 590 620 nafarni;

2-bosqichda emlanganlar –1 348 382 nafarni;

3-bosqich emlanganlar  – 422 220 nafarni tashkil qiladi. 

 

6 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Namangan viloyati (21329 doza);
  • Farg`ona viloyati (20821 doza);
  • Andijon viloyati (20633 doza) band qildi. 

 

Emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar jami:

  • Namangan viloyatida 535872 doza;
  • Farg`ona viloyatida 515597 doza;
  • Andijon viloyatida 497478 dozani tashkil qilmoqda.

 

 

Boshqa yangiliklar