Bu haqda Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi axborot xizmati ma`lum qilmoqda.
Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining topshiriqlari bilan kameral nazorat tekshirishlari natijasida aniqlangan ortiqcha to`lovlarni undirilishi monitoring qilingan.
Ushbu ortiqcha to`lovlarning aksariyati fuqaroning aybi bo`lmagan holdagi texnik xato yoki arxiv hujjatlarini to`liq saqlanmaganligi natijasida yuzaga kelgan.
Shuningdek, pensiya ishlarining asosiy qismi bir necha yil avval tayinlanganligi sababli pensionerlardan yirik (pensiya miqdorining bir necha barobari) miqdorda ortiqcha to`lovlar undirish talab etilmoqda.
Shunga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab uch yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya ishlarini tekshirish hamda ortiqcha to`lovlarini fuqarolardan undirish tartibi bekor qilindi.






