AsosiyJamiyat

Qo`shma ta`lim dasturlari asosida ta`limni tashkil etish tartibi belgilandi

'Qo`shma ta`lim dasturlari asosida ta`limni tashkil etish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumatning tegishli qarori  bilan O`zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta`lim tashkilotlarining qo`shma ta`lim dasturlari asosida ta`lim faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Unga muvofiq, qo`shma ta`lim dasturlariga quyidagilar jalb qilishi mumkin:

— Xalqaro 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari;

— Oliy ta`limda sifatni kafolatlash Evropa assosiasiyasining a`zolari;

— AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Rossiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyaning akkreditasiya qilingan oliy ta`lim tashkilotlari;

— Xalqaro shartnomalar, Prezident va Hukumat qarorlariga muvofiq qo`shma ta`lim dasturlari asosida kadr tayyorlash huquqiga ega bo`lgan tashkilotlar.

 Qo`shma ta`lim dasturlari Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan 15 ish kunida bepul ekspertizadan o`tkaziladi.

Qo`shma ta`lim dasturlarida o`qishga qabul qilish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  •  kirish imtihonlari;
  • qo`shma ta`lim dasturida o`qitish olib boriladigan tilda kirish imtihonlari.

 

Boshqa yangiliklar