«O`zgidromet» 8 iyul, payshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 41-43 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, Ustyurtda ba`zida changli bo`ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.






