AsosiyJamiyat

Namanganda YPX xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi

'Namanganda YPX xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Namanganda YPX xodimining faoliyatiga xalaqit berib, qarshilik ko`rsatgan uch nafar fuqaroga sud tomonidan jazo tayinlandi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati. 

5 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Chortoq tumanida GAI, PPS va haydovchi o`rtasida tortishuv yuzaga kelgani aytilmoqda» izohi bilan videolavha tarqalgani to`g`risida xabar berilgandi.

Ma`lum qilinishicha, 4 iyul kuni soat 16:30 larda Namangan viloyati Chortoq tumandagi dehqon bozorida 1992 yilda fuqaro o`ziga tegishli Cobalt avtomobilini to`xtash mumkin bo`lmagan joyga, ya`ni markaziy chorraha o`rtasiga o`rnatib, avtomobillar harakatiga xalaqit bergan. Mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tumani IIB YHXB guruhi katta inspektori tomonidan haydovchiga qoidabuzarlik sodir etgani tushuntirilgan va unga nisbatan ma`muriy bayonnoma tuzilishi aytilgan.

Fuqaro esa xodimning qonuniy talablarini bajarmay, avtomobiliga tegishli hujjatlarni taqdim etmagan va ikki nafar tanishi bilan baqir-chaqir qilib, hududga boshqa fuqarolarning to`planishiga sababchi bo`lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo`yicha Chortoq tuman sudida o`tkazilgan ochiq sud majlisida uch nafar fuqaroga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi va jarima belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar