AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" yurtimizda kuzatiladigan changli bo`ron haqida ogohlantirdi

'"O`zgidromet" yurtimizda kuzatiladigan changli bo`ron haqida ogohlantirdi'ning rasmi

«O`zgidromet» xizmati 8–10 iyul kunlari respublika bo`yicha shamol tezligi sekundiga 30 metrgacha kuchayishini va changli bo`ron kuzatilishini ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, 8 iyulda O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 9–10 iyulda respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi. 7 iyulda Qoraqalpog`iston bo`yicha, 8–10 iyulda respublikaning barcha hududi bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25–30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Boshqa yangiliklar