Rossiya Federasiyasining Kaliningrad viloyatida patent asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el fuqarolariga non, qandolat mahsulotlari va bolalar ovqatini ishlab chiqarish kabi sohalarda hamda jamoat transportida haydovchi va o`qituvchi bo`lib ishlash taqiqlanadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Kaliningrad viloyati gubernatori Anton Alixanov tomonidan 2021 yil 23 iyun kuni imzolangan mazkur farmon uch oydan so`ng kuchga kiradi va bir yil davomida amal qiladi.