1

O`zbekistonda vaksina olganlar orasida kasallanish holatlari kuzatilayotgani ma`lum qilindi

Jamiyat 07.07.2021, 17:36
Teglar: O`zbekiston
O`zbekistonda vaksina olganlar orasida kasallanish holatlari kuzatilayotgani ma`lum qilindi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi bugungi kunda ba`zi vaksina olganlar orasida kasallanish holatlari kuzatilayotganini ma`lum qildi.

Sevara Ubaydullaeva buning sabablari haqida ma`lumot berib, 3 ta asosiy sababini ma`lum qildi.

"Buning birinchi sababi: ommaviy vaksinasiya boshlangani 2021 yil aprel oyi edi, shu vaqtgacha davlatimizda mavjud ‘Astra-Zeneca’, ‘ZF-UZ-VAC 2001’, ‘Sputnik V’ vaksinalarini o`z vaqtida olganlar organizmida immun himoya tanachalari ishlab chiqilgan va hali ishlab chiqilishi davom etmoqda. Emlanganlarda immun ho`jayralar ishlab chiqilishining maksimal himoya ko`rsatkichi avgust oylari va undan keyin erishiladi. Bugungi kunda shu jarayonda to`liq emlanib ulgurmaganlar, to`laqonli immun himoyasi bo`lmagan bo`lsa-da, karantin qoidalariga rioya qilmagani bois kasallanib qolmoqda.

2-chi sabab: bugungi kunda kasallik keng tarqalayotgani uchun vaksina bilan qamrab olish kontingenti ham kengaytirildi va barcha aholimizni vaksina olishga dav`at qilmoqdamiz. Bu degani, 18 yoshdan kattalarning barchasi emlanishi mumkinligi belgilab berildi. Ammo aholi orasida karantin qoidalariga to`liq rioya qilmaydiganlar mavjud, vaksina olayotgan vaqtda ularning organizmiga virus tushgan va kasallikni yashirin davri ketayotgan bo`lishi mumkin yoki ba`zilar simptomlarsiz kasallikni kechirayotgan bo`lishi mumkin.

Aynan shunday kishilarda vaksina olgandan so`ng ham hali immun himoya ishga tushmagani sababli kasallik yuzaga kelib chiqishi va PZR-testda tasdiqlanishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda vaksina olish vaqtida yoki olingunicha organizmiga virus tushgan bo`ladi. Shu sababli vaksina bu erda o`z ishini bajara olmaydi, vaksina faqatgina bu kasallikni yuzaga chiqadigan davriga to`g`ri kelib qolgan bo`ladi. 

Bunday holatlarning oldini olish uchun agarda vaksina olmoqchi bo`lgan odamda bemor bilan kontaktda bo`lgani borasida aniq bir javob bo`lmasa, PZR-test topshiri kerak, natija manfiy chiqsagina vaksinani olish mumkin bo`ladi. Bu kabi tekshiruv o`tkazish, vaksinalarning ham besamar ketishining oldini oladi.

3-chi sabab: vaksina, ayniqsa ‘Astra-Zeneca’ va ‘Sputnik V’ kabi vaksinalar organizmga tushganida ular vektorli vaksinalar bo`lgani bois organizmda engil ORVI ko`rinishida kasallik chaqirishi vaksinaning ko`rsatmalarida ham keltirilgan. Vaksina olgandan keyin birlamchi immun himoya tanachalari 2 hafta davomida ishlab chiqilishi borasida biz doim gapirib kelamiz, shu vaksinasiyadan keyingi davrda engil ORVI kasalligini boshdan kechirish jarayonida himoyalanmagan kontakt, ya`ni karantin qoidalariga rioya qilmaslik koronavirusning organizmga kelib tushishini keltirib chiqaradi", — deydi mutaxassis.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1