Jons Xopkins universitetiga ko`ra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 4 milliondan oshdi. JSSTga ko`ra, Rossiya kasallik aniqlanishi bo`yicha 4 o`ringa ko`tarildi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 185 million 078 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 milliondan ortig`i vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 368 874 yangi holati aniqlandi. 7 362 nafar bemor vafot etdi.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,392 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan;
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (30,663 milliondan ortiq);
- uchinchi o`rinda Braziliya (18,792 milliondan ortiq);
- to`rtinchi o`rinda Rossiya (5,682 milliondan ortiq);
- beshinchi o`rinda esa Fransiya (5,677 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 5 614, Hindistonda 43 733, Braziliyada 22 703, Rossiyada 23 962, Fransiyada 2 044 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.