AsosiyJamiyat

Sirdaryoda Ichki ishlar bo`limining zo`ravonligi haqida video tarqaldi. Rasmiylar holatga izoh berdi

'Sirdaryoda Ichki ishlar bo`limining zo`ravonligi haqida video tarqaldi. Rasmiylar holatga izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarlarda tarqalgan “Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo`limining zo`ravonligi. Karantin bahona qasd olish yo`li” sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, ushbu video murojaatdagi holat joriy yilning 06 iyul kuni Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va koronavirusning kirib kelishini va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Maxsus komissiyaning 2021 yil 25 iyun kundagi 74-sonli yig`ilish bayoni qaror qismining 2-qismi “b” bandi (Joriy yilning 28 iyun kunidan boshlab Respublika bo`ylab ko`ngilochar ob`ektlar-restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o`yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob`ektlari- kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 08:00dan 20:00ga qadar ruxsat berish) ijrosini ta`minlash maqsadida, Sirdaryo shahridagi “Bahor” va “Yoshlik” mahallalariga piyoda patrul yo`nalishiga xizmat olib borayotgan vaqtda yuzaga kelgan.

Hozirda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

"Shu o`rinda tadbirkorlar va fuqarolarimizdan yurtimizda pandemiya bilan bog`liq yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri qabul qilishlarini, kasallikni tarqalishini oldini olishda o`zlari va o`zgalar hayotiga befarq bo`lmasliklarini so`rab qolamiz",–deyiladi viloyat IIB axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar