AsosiyJamiyat

Xonadonlarda pilla etishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi

'Xonadonlarda pilla etishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi'ning rasmi

“Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5178, 08.07.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargacha:

- har yili etishtiriladigan pilla (ho`l pilla) hosilining 1 kg uchun 5 ming so`m miqdorida xonadonlarda pilla etishtiruvchilarga respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;

-  tutzorlarni sug`orish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qo`llaniladi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag`lar jun yo`nalishidagi qo`ylarni, shuningdek, qo`lda jun yigirish, ipak matolari, gilam va kigiz to`qish uskunalarini sotib olishga ham yo`naltiriladi.

 Qarorga ko`ra, quyidagi hududlar jun yo`nalishidagi mayda shoxli mollarni etishtirishga ixtisoslashtiriladi:

▫️Qashqadaryo viloyatining G`uzor va Dehqonobod tumanlari;

▫️Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumani;

▫️Surxondaryo viloyatining Qumqo`rg`on va Boysun tumanlari.

Shuningdek, qorako`lchilikni yanada rivojlantirish maqsadida 200 milliard so`m mablag` ajratiladi.

1. Mazkur mablag`larning 50 milliard so`mi 1-bosqich sifatida jun yo`nalishidagi mayda shoxli mollarni etishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlardagi tadbirkorlar tomonidan loyihalarni amalga oshirish uchun kredit ajratishga yo`naltiriladi.

2-bosqichda – 2022 yil 1 aprelga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari hisobidan 50 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag`lar tijorat banklari orqali kredit ajratishga yo`naltiriladi.

Bundan tashqari, Pillachilik va qorako`lchilikni rivojlantirish qo`mitasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo`mitasi deb, Respublika “Qorako`lchilik” uyushmasi “Yaylov xo`jaligini rivojlantirish” uyushmasi deb qayta nomlandi.

 

    Boshqa yangiliklar