Kecha respublikamizning shimoliy hududlariga Kavkazdan antisiklon ta`siri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.
Natijada havo haroratining biroz pasayganligi kuzatildi. Bugun bu jarayon respublikamizning markaziy hududuriga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ko`pchilik viloyatlarimizda quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Ustyurtda kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Havo harorati 35-40o,ba`zi joylarda 42 gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46o, shimolda 28-33o ni tashkil etadi.
Yurtimizdan salqin havo frontlari o`tishi oqibatida ba`zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga changli buron bilan birga 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlarida nisbatan salqin havo oqimlari yurtimizning barcha xuxudlarini butunlay qamrab oladi, havo harorati kechalari 20-25o, kunduz kunlari 32-37o, janubda ba`zi joylarda 39o gacha atrofida bo`ladi.
Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor, deyiladi xabarda.






