1

Yurtimizdagi issiqlik oqibatida "Nefrit" ko`li qurib qolgani rostmi? (video)

Jamiyat 09.07.2021, 16:30
Teglar: "Nefrit" ko`li
Yurtimizdagi issiqlik oqibatida "Nefrit" ko`li qurib qolgani rostmi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda anomal issiqlik oqibatida Toshkent viloyatidagi «Nefrit» ko`li qurib qolgani haqida videolar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish uchun «Zamon» informasion dasturi muxbiri ko`l hududiga borgan.

Jurnalistga Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimi Barakabek Nurullaevning izoh berishicha, «Urung`och» ko`li (xalq tilida «Nefrit») aslida mavsumiy ko`l hisoblanadi. Aprel-may oylarida suv sathi ko`tarilishni boshlaydi va iyun oyida maksimal nuqtasiga etadi. Ko`l qurishining asosiy sababi yoz mavsumida muzliklar kamayib ketadi hamda ko`ldagi suv pastki suv oqimlariga shimilib ketadi. «Urung`och» doimiy qurib qolmaydi, suv ko`p bo`lgan vaqtda undagi suv yana tiklanadi.

Reportaj muallifi «Nefrit» ko`lining yuqori qismiga ko`tarilgan va u erda suv qurib ketmaganini tasvirga olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1