1

Poytaxtda oxirgi 150 yillikdagi eng issiq havo rekordlari yangilandi

Jamiyat 09.07.2021, 19:42
Poytaxtda oxirgi 150 yillikdagi eng issiq havo rekordlari yangilandi

Toshkent shahrida 5 va 7-8 iyul kunlari oxirgi 150 yillikdagi aynan shu kunda qayd etilgan eng issiq havo harorati rekordlari yangilandi. Bu haqda O`zgidromet ma`lum qildi.

Toshkent shahrida 150 yildan buyon havo harorati qiymatlari muntazam kuzatib kelinadi. Iqlim o`zgarishi natijasida dunyoda iqlim isishi tezlashdi. Bu kunning tungi paytlarida ham havo haroratining yaqqol ko`tarilib ketishida namoyon bo`lmoqda. Tungi haroratlarning ko`tarilishi havoga ko`p miqdorda is va boshqa iflos gazlarning me`yordan ko`p chiqarilishida, ya`ni issiqxona effekti jarayonida vujudga kelmoqda. Issiqxona effekti iqlim isishini yuzaga keltirib, sutka davomidagi maksimal va minimal havo harorati qiymatlari orasidagi farqni kamaytirmoqda. Bu esa o`z navbatida o`rtacha sutkalik havo harorati qiymatini yuqorilashiga olib kelmoqda. 

O`zgidromet 1 iyul kuni 3-8 iyul kunlari O`zbekistonda o`rtacha sutkalik havo harorati ko`p yillik iqlimiy me`yordan 5-8 daraja yuqorilashi haqida ogohlantirish xabarini bergandi 

Toshkent shahrida iyul oyi boshlarida kuzatilgan kunlik havo harorati o`tmishda rekord issiq qiymatlar qayd etilgan aynan o`sha kundagi kunlik o`rtacha haroratdan ancha ko`tarilgani qayd etildi. Kunlik maksimum qiymatlar bilan birgalikda sutkalik o`rtacha havo haroratlari ham yuqorilamoqda. 

Masalan, 1881 yil 6 iyul kuni Toshkent shahrida aynan shu kun uchun mutlaq rekord qayd etilgan (+44,1°S). Lekin, o`shanda o`rtacha sutkalik havo harorati ancha past qiymatda kuzatilgan (+28,1°S). 2021 yil 6 iyul kuni sutkalik maksimal havo harorati rekord ko`rsatgichdan ancha past (+41,5°S) qayd etilgan bo`lsada, o`rtacha sutkalik havo harorati 1881 yildagi o`rtacha sutkalik havo harorati qiymatidan qariyib 5,5 darajaga yuqori kuzatilgan. 

Joriy 2021 yilning o`tgan iyun oyida respublika hududlarida o`rtacha oylik havo harorati ko`p yillik iqlimiy me`yordan 1-3 daraja yuqori bo`lgan.

  

Sana2021 yilda kuzatilgan o`rtacha sutkalik va maksimal havo haroratlari, °SMuqaddam shu kun uchun kuzatilgan maksimal va ko`p yillik o`rtacha sutkalik havo harorati qiymatlari, °S
O`rtacha sutkali havo haroratiMaksimal havo harorati

O`rtacha sutkali havo harorati

(me`yor)

Maksimal havo harorati

(kuzatilgan yil)

1 iyul32,1 (+4,6)39,9 (-0,4)27,540,3 (1902)
2 iyul32,7 (+5,0)40,2(-1,5)27,741,7 (1953)
3 iyul32,9 (+4,9)40,4 (-1,9)28,042,3 (1953)
4 iyul33,4 (+5,6)41,4 (-0,4)27,841,8 (1942)
5 iyul34,3 (+6,6)42,6 (+0,2)27,742,4 (1942)
6 iyul33,8 (+5,7)41,5 (-2,6)28,144,1 (1881)
7 iyul35,0 (+6,7)42,7 (+0,1)28,342,6 (1912)
8 iyul35,3 (+7,0)43,8 (+1,4)28,342,4 (1912)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1