1

Samarqandda YPX inspektoriga qo`l ko`targan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 09.07.2021, 19:55
Samarqandda YPX inspektoriga qo`l ko`targan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

27 may kuni soat 01:30 larda Samarqand shahrining Turkiston ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Matiz” rusumli avtomashinani to`xtatib, haydovchi D.S. dan tegishli hujjatlarini taqdim qilishni so`raganida, haydovchi hujjatlarni taqdim qilmasligini aytib, unga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lgan. Holatning keyingi tavsilotlarini Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Haydovchining og`zidan spirtli ichimlikni hidi kelib turganligi sababli uni narkolog ko`rigidan o`tkazish taklif qilinganida haydovchi avtomashinadan tushib, to`satdan YPX inspektorining yuziga urib tan jarohati etkazgan.

Hodisa sodir bo`lgan joy IIV O`XB Samarqand viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari ishtirokida, Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan ko`zdan kechirilib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan D.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi «a» bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1