1

Bugun O`zbekistonning barcha hududlarida issiq asta-sekin pasayadi

Jamiyat 10.07.2021, 07:46
Bugun O`zbekistonning barcha hududlarida issiq asta-sekin pasayadi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 10 iyulda kunduz kuni O`zbekistonning barcha hududlarida issiqning asta-sekin pasayishi davom etadi. Havo harorati me`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

Havo harorati 32-37°, Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida 28-33°, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 35-40° atrofida bo`ladi.

Havo massalarining o`zgarishi hisobiga respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli buron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hududning katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vati bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1