AsosiyDunyo

Turkmaniston Prezidenti o`g`lini Bosh vazirning moliya va iqtisodiyot masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinladi

'Turkmaniston Prezidenti o`g`lini Bosh vazirning moliya va iqtisodiyot masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinladi'ning rasmi

Turkmaniston Prezidenti Gurbangul Berdmuxamedov o`g`li Serdar Berdimuhamedovni Bosh vazirning moliya va iqtisodiyot masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinladi.

 Shu munosabat bilan o`g`lini avval egallab kelgan Oliy nazorat palatasi, Davlat xavfsizlik kengashi raisi lavozimlaridan ozod qildi. Bu haqda Davlat rahbari bugun Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining olti oy yakunlari bo`yicha kengaytirilgan yig`ilishida tegishli Farmonlarni imzoladi, deb xabar berdi Turkmaniston televideniyasining "Vatan" yangiliklar dasturi.

Serdar Berdimuhamedov - Turkmaniston Prezidentining yagona o`g`li. U 1981 yil 22 sentyabrda tug`ilgan. "Serdar" nomi turkman tilidan "etakchi" yoki "yo`lboshchi" deb tarjima qilingan.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar