1

Xorijdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to`g`ridan-to`g`ri sotishga ruxsat beriladi

Jamiyat 10.07.2021, 11:00
Xorijdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to`g`ridan-to`g`ri sotishga ruxsat beriladi

 

“Bojxona ma`muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori  qabul qilindi

 Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 avgustdan:

  • bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo`lmagan hollarda ham qayta ishlash operasiyalariga ruxsat beriladi;
  • tadbirkorga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona to`lovlari to`lamagan holda qayta ishlagandan so`ng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish bo`yicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritiladi;  
  •  mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to`g`ridan-to`g`ri sotishga ruxsat beriladi;  
  • olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan o`zaro bog`liq holda monitoring qilish tartibi joriy qilinadi.
  • Qaror bilan Tashqi savdo operasiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to`g`risidagi nizomga (https://lex.uz/docs/4812419#4813043) o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

 Unga ko`ra, tashqi savdo kontraktlari va invoyslarda to`lov valyutasi tomonlar o`rtasidagi kelishuvga asosan belgilanishi ko`rsatildi (ilgari xorijiy valyutada edi).  

 Shuningdek, tashqi savdo operasiyalarini ifoda etadigan 2 ta raqamdan iborat:

 16 – olib kirish kontrakti;

17 – olib chiqish kontrakti;

18 – sotib olish kontrakti;

 19 – sotish kontraktlari qo`shildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1