AsosiyDunyo

Bugun yuz bergan zilzila oqibatida 5 kishi halok bo`ldi

'Bugun yuz bergan zilzila oqibatida 5 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Tojikiston sharqida yuz bergan 6 balli zilzila oqibatida besh kishi halok bo`ldi, deya xabar berdi RIA Novostiga Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi matbuot markazi rahbari Umeda Yusufiy ma`lumotiga asoslanib.

"Zilzila epitsentri soat Toshkent vaqti bilan 7: 14da Dushanbedan 165 kilometr shimoli-sharqda va Rasht viloyatidan 21 kilometr sharqda sodir bo`lgan. Zilzila epitsentrida 6, Dushanbeda 3 ballik kuchga ega bo`lgan. Ushbu holat oqibatidi besh kishi vafot etdi ", dedi Yusufiy.

Uning so`zlariga ko`ra, Tojikistonobod viloyatining Langari Shoh qishlog`ida odamlar vafot etgan, Rasht tumani Hijborak qishlog`ining ikki nafar voyaga etmagan fuqarosi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar