1

Zamonaviy talablar darajasidagi yangi axborot portali jurnalistlarni ishga taklif etmoqda

Jamiyat 10.07.2021, 14:11
Teglar: yangi axborot portali
Zamonaviy talablar darajasidagi yangi  axborot portali jurnalistlarni ishga taklif etmoqda

Jurnalistlar va ijodkorlar diqqqatiga!

Siz o`zingiz uchun maqbul ish qidiryapsizmi? O`z iqtidoringizga yarasha daromad topishni istaysizmi? Jurnalistik ijod uchun qulay muhit, zamonaviy shart-sharoitlar kerakmi? Siz uchun ajoyib yangilik!  

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan barcha zamonaviy talablar darajasidagi media-resurs – yangi  axborot portali  tashkil etilmoqda. Mazkur  portalda o`zbek, rus va boshqa tillarda  O`zbekiston va jahonda yuz berayotgan o`zgarishlar haqida tezkor, haqqoniy va xolis axborotlar, video va audio ko`rinishdagi multimedia mahsulotlari e`lon qilinadi.  

Ushbu portalda  ishlashni istovchi talabgorlarda faqat jurnalistik ko`nikma, tajriba va qobiliyat, o`zbek va rus, shuningdek, imkon darajasida boshqa tillardan etarli darajada xabardorlik talab qilinadi. Yuqori maosh va ishlash uchun yaxshi shart-sharoitlar kafolatlanadi.  

Yangi axborot portalida ishlash istagida bo`lgan

– jurnalistlar;  

–SMM (ijtimoiy tarmoq marketingi) mutaxassislari;

–fotomuxbirlar va fotomuharrirlar;

–dizaynerlar;

–tarjimonlar;

–videomontajchilar  

12  iyul kuni soat 10.30 da O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi yangi binosiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab etiladi. Talabgorlar tajribali  ekspertlar ishtirokida, ijodiy suhbat asnosida saralanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko`chasi 1 a uy. Mo`ljal: O`zbekiston Kinematografiya agentligi binosi.

Murojaat uchun telefon:   +998946422212

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1