1

Diniy tashkilotlarni tuzish uchun MFY roziligi bekor qilindi

Jamiyat 10.07.2021, 15:02
Teglar: MFY, Diniy tashkilotlar
Diniy tashkilotlarni tuzish uchun MFY roziligi bekor qilindi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, diniy tashkilotni tuzish uchun talab etib kelingan mahalla fuqarolar yig`inlari roziligini olish tartibi bekor qilindi.

Bugungi kunda dunyoning ko`pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g`arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O`zbekiston hududida buzg`unchi g`oyalarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o`tkazish dolzarb bo`lib qolmoqda.

Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ`ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg`unchi g`oyalarning salbiy ta`siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo`yildi.

Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun normalari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo`llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta`riflar keltirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi.

Qonun atamalarining noto`g`ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin. Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitusiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmasligi qat`iy belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1