1

“Do`stlik” videoroliklar tanlovi e`lon qilindi

Jamiyat 10.07.2021, 18:10
Teglar: Do`stlik tanlovi
“Do`stlik” videoroliklar tanlovi e`lon qilindi

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi va O`zbekiston Kinematografiya agentligi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Do`stlik” videroliklar tanlovini e`lon qiladi.

30 iyul – “Xalqlar do`stlik kuni”ga bag`ishlangan mazkur tanlov O`zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlar o`rtasidagi totuvlikni mustahkamlash yo`nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniy markazlar, do`stlik jamiyatlarining faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar va do`stlik aloqalarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida turli millatlar tili, madaniyati, an`analari, urf-odatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish g`oyalarini aks ettiradi.

Tanlov qo`yidagi nominasiyalar bo`yicha o`tkaziladi: 

“Eng yaxshi videorolik”, 

“Havaskor yoshlar tayyorlagan eng yaxshi videorolik”, 

“3D” o`lchamdagi eng yaxshi videorolik” 

Har bir nominasiyalar bo`yicha tanlov g`oliblari alohida tartibda: 

1- o`rin - 50 million;

2- o`rin - 30 million;

3- o`rin - 15 million;

Shuningdek, 10 ta rag`batlantiruvchi o`rin - 5 million so`mdan mukofotlanadi.

“Do`stlik” videoroliklar tanlovi g`oliblari 2021 yil 28 iyul kuni - “Xalqlar do`stligi kuni” munosabati bilan o`tkaziladigan bayram tadbirilarida taqdirlanadilar.

Videoroliklar 2021 yilning 20 iyuliga qadar O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarining milliy assosiasiyasiga yuborilishi lozim.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko`chasi, 1a uy (O`zbekiston Kinematografiya agentligi binosi). 

Murojaat uchun telefonlar: + 998 94 652 66 95; + 998 94 642 22 12

Telegramm kanali manzili: (94) 652-66-95, elektron manzili ozeoavma@gmail.com.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1