AsosiyJamiyat

Toshkentda 731 nafar bolaning tug`ilganlik guvohnomasi qayd etilmay qolgan

'Toshkentda 731 nafar bolaning tug`ilganlik guvohnomasi qayd etilmay qolgan'ning rasmi

Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi, 2019 yilda Toshkent viloyatida 1 ming 256 ta tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddati o`tkazib qayd etilgan. 2020 yilda esa bu raqam 605 tani tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida esa, 731 ta tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddatdan keyin qayd etildi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda tug`ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo`lmagan bolalarga guvohnomani rasmiylashtirish borasida mutasaddi tashkilotlar ko`magiga muxtojlik bor. Taxlil qiliganida, birgina Toshkent viloyatida maktab yoshdagi 192 nafar bolada tug`ilganlik haqidagi guvohnoma mavjud emasligi aniqlangan. FHDYo bo`limlarning sa`y-harakati bilan maktabga boradigan 77 nafar o`g`il-qiz tug`ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo`lgan. 6 nafar bolaning hujjatlari fuqarolik sudida, 60 nafar bolaning hujjatlari esa boshqa tashkilotlarga (tibbiyot bo`limlari va boshqa tashkilotlar) bog`liq bo`lgani holda rasmiylashtirilmay qolgan.

Boshqa yangiliklar