AsosiyDunyo

Ispaniyada koronavirus tufayli mamlakatdagi vaziyat keskinlashmoqda

'Ispaniyada koronavirus tufayli mamlakatdagi vaziyat keskinlashmoqda'ning rasmi

Bu haqda Euronews xabar qilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, Ispaniyaning sayyohlik va ko`ngilochar sektori koronavirus bilan kasallanishning ko`payish ta`sirini his qila boshlagan. Fransiya hukumati tomonidan ushbu yozda Ispaniyaning kurortlariga sayohat qilmaslik to`g`risidagi berilgan tavsiyanomadan so`ng, mahalliy tadbirkorlar «mavsumni boy berishdan» qo`rqishni boshladi.

«Odatda avgust oyida bizda xorijlik sayyohlarning eng yuqori cho`qqisi bor», deydi Barselonaning syorfing maktabi rahbari.

 

"Qo`shni barning yarmi bo`sh, korxonalarning ko`p yopiq. Agar kelajakda sayyohlar soni ham kamroq bo`lsa, biz biznesni saqlab qolmaymiz ", deydi uy bekasi.

 

Germaniya hukumati  ham Ispaniya uchun  xavf borligini istisno qilmayapti. Bunday holda, uyga qaytib kelgan nemis sayyohlari karantindan saqlanish uchun testlarni topshirishlari kerakligini joriy qilmoqda.

 

Delta shtammining tarqalishi Portugaliya uchun ham ta`til rejalarini o`zgartirmoqda. Shanba kunidan boshlab, emlash to`g`risidagi guvohnomasi bo`lganlargina u erdagi mehmonxonalarga joylashtiriladi.

Boshqa yangiliklar