1

Andijonning bir necha tumanlarida Xalq qabulxonalarining sayyor qabullari bo`lib o`tdi

Jamiyat 11.07.2021, 15:14
Teglar: Andijon
Andijonning bir necha tumanlarida Xalq qabulxonalarining sayyor qabullari bo`lib o`tdi

Prezident Xalq qabulxonalari Andijon viloyatining Andijon, Bo`ston, Asaka va Qo`rg`ontepa tumanlarida o`tkazgan sayyor qabullar jarayonida barcha tuman va shaharlardan kelgan fuqarolarning murojaatlari o`rganildi. Qabullar doirasida hududlarda sayyor sudlar ham tashkil etilib, bunda muqaddam jinoyat sodir etib, hozir jazo muddatini o`tayotgan, tuzalish yo`liga qa`tiy o`tgan shaxslarning o`talmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilish bo`yicha ichki ishlar organlari probasiya guruhlari tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko`rib chiqildi. Bu haqda "Darakchi.uz" manbasi xabar berdi.

Salohiddin Mamajonov hamda Furqat Parpievlar ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta`minlagan edi. Jazo muddatini o`tab kelayotgan ushbu shaxslarning pushaymonligi, jazo muddatini o`tash davrida qonunlarga to`la rioya etganligi sayyor sudda inboatga olinib, qilmishlari kechirildi.

Qahramon Qorasherov ham bugun qilgan ishidan pushaymonda. Sodir etgan jinoyati uchun unga jazo muqarrarligi ta`minlagan. Ammo, tuzalish yo`liga qa`tiy o`tganligi, halol mehnati bilan namuna bo`lib, jazoni o`tash davridagi xulq-atvori inobatga olinib, uning aybi ham sayyor sudda kechirildi. 

Xurshid Qodirov Baliqchi tumanida tug`ilgan. Firibgarlik jinoyati tufayli o`tgan yilda sud qaroriga asosan ikki yil axloq tuzatish ishlari bo`yicha jazo tayinlangan. Sayyor sud jarayonida belgilangan muddatning yarmi o`tash davrida na`munali xulqi, tuzalish yo`lga o`tganligi inobatga olinib, muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Oliy sud vakillari jinoyat, fuqarolik, ma`muriy, iqtisodiy ishlar bo`yicha 345 nafar fuqaroni qabul qilgan bo`lsa, 117 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi, 198 ta murojaat bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 30 ta murojaat yuzasidan arizalar Oliy sud tomonidan kassasiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi va tegishli sudlov hay`atiga ko`rib chiqish uchun o`tkazildi.

Bosh prokuratura vakillari qabuliga ham ko`plab fuqarolar o`z muammosiga echim izlab keldi.

Tadbirkor Elyorbek Rayimjonovning faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o`rinlari yaratish niyatida ekani, ammo kredit olish muammo bo`layotganini aytib qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Unga bank tomonidan 30 million so`m kam foizli kredit mablag`i ajratib beriladigan bo`ldi.

Baxtiyor Yo`ldoshev Bo`ston tumanining “Navro`z” mahalla fuqarolar yig`inidagi 100 o`rinli maktabgacha ta`lim tashkilotidagi jihozlarni yangilash uchun bankdan kredit mablag`i so`ragan. 160 million so`m kredit hadeganda chiqavermadi. Noiloj tadbirkor qabulda bo`lib, holatni tushuntirdi. O`rganishlar uncha ko`p vaqt talab qilmadi, tadbirkorning krediti kunning ikkinchi yarmida ajratib beriladigan bo`ldi.

Asakalik Mohinur Dehqonova yosh tadbirkor. U ishlab chiqarayotgan pishiriqlarini o`zi yashayotgan “Tajriba” mahalla fuqarolar yig`ini o`ramida sotayotgandi. Mahsulotlari xaridorgir bo`lganligi tufayli qisqa kursda o`qib, bilim va malakasini yanada oshirdi. Shundan so`ng, ish faoliyatini kengaytirib, yangi shogirdlar olishni niyat qilgandi. Buning uchun albatta mablag` kerak. Shu bois, ommaviy qabulga kelib, kredit olishda yuzaga kelgan muammoni hal etishda yordam so`radi. Murojaat shu joyda o`rganilib, hal etildi.

Ish topishda amaliy yordam so`rab qabulga kelgan Madina Akbarova hamda Odina G`ofurovlarning ham muammosi ijobiy hal etilib, ular tikuvchilik yo`nalishida o`z hududidagi trikotaj korxonasiga ishga qabul qilindi.

Mana bu ayol esa yil boshida ayollar daftariga kiritilgan. Andijon tumanining Bo`takara qishlog`i “Oq rovvot” mahalla fuqarolar yig`ini Qo`rg`oncha ko`chasida istiqomat qiladi. Kam ta`minlangan fuqarolar ro`yxatiga kirgan ayol imtiyozlardan foydalanish maqsadida bankka murojaat qildi. Taajubki, uning nomida 30 million so`mlik kredit mavjud va u tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda ekan. Mahalla raisi “temir daftar”dagi ayol nomiga boshqa bir insonga kredit olib bergani uni ancha tashvishga solgan. Shahnoza Ashurovaning muammosi Bosh prokuratura xodimlari tomonidan zudlik bilan o`rganib chiqiladigan bo`ldi.

Bosh prokuratura xodimlari tomonidan jonli muloqotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy, uy-joy, moddiy yordam, qurilish, kommunal va boshqa iqtisodiy sohalar, tergov va surishtiruv, sud qarorlari, sud qarorlari ijrosi, mahalliy hokimiyat va o`zini-o`zi boshqarish organlari xatti-harakatlari kabi yo`nalishlarda 111 nafar fuqarodan murojaatlar qabul qilindi. 19nafar fuqaroning murojaati joyida qanoatlantirildi, 17 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berilib, masalasi hal etildi, 23 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 52 nafar fuqaroning murojaati qo`shimcha o`rganish uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.

Shular qatorida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda qo`shimcha ish o`rinlari yaratish istagini bildirgan 8 nafar fuqaroga salkam 290million so`m imtiyozli kredit mablag`lari ajratilishida yordam ko`rsatildi.

Ichki ishlar idoralari mas`ullari tomonidan 100 nafarga yaqin fuqarolar bilan ochiq muloqot o`tkazilib, 37 ta murojaat qabul jarayonining o`zida ijobiy hal etildi, qo`shimcha o`rganish talab etiladigan 53 ta murojaat ko`rib chiqilishi nazoratga olindi.

Baliqchi tumanidan kelgan Husnida Mirzabekova kelin bo`lib tushgan xonadonidan tayziqlar ostida haydalayotganini aytdi. Ma`lum bo`lishicha, qaynotaning vafotidan so`ng, uyni bo`lib olishda farzandlar o`rtasida ziddiyatlar kelib chiqqan. Ayol bir necha bor xonadondan haydalgan. Shu kuni ichki ishlar vazirligi mas`ullari tuman hokimligi bilan yarashtiruv ishlarini amalga oshirish va ayol uchun himoya orderini berish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Adham Qodirov ilgari sud hukmiga ko`ra ozodlikdan mahrum qilingan. Oilasi, yaqinlari yo`qligi sabab, hozir shaharda ijarama-ijara yashab kelmoqda. Lekin sudlangani tufayli ijara uylarda muqim joy topa olgani yo`q. Qo`lida hunari bor bo`lgan Adham Qodirov qabulda murojaat qilib, yordam so`radi. Uning so`rovi Andijon shahar hokimligi va ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ijobiy hal qilindi. Fuqaroga shahar markazidgi umumiy yotoqxonadan muqim turar-joy hamda kosibchilik uchun ish joyi ajratildi.

Ommaviy qabullar davomida ichki ishlar vazirligi tomonidan fuqarolik pasportlari ham tantanali topshirildi. Misol uchun Ra`noxon Xojaeva 1997 yilda Andijonga taqdir taqazosi bilan qo`shni Qirg`iziston Respublikasidan oilasi bilan ko`chib o`tdi. Farzandli, nabirali bo`ldi. Don kombinatida xisobchi bo`lib ishladi. Xozirda nafaqaga chiqdi. Uning birdan bir orzusi O`zbekiston Respubliksi fuqarosi bo`lish edi va shu kuni unga ana shunday muqaddas nom berildi. 

Muxtasar qilib aytganda, Andijon viloyatida bo`lib o`tgan muloqotlar davomida 630 nafar fuqaroning 666 ta masalasi ko`rib chiqilib, ularning 215 tasi joyida qanoatlantirildi, 254 murojaat tushuntirish va huquqiy maslahat berish orqali hal qilindi, 197 ta murojaat esa ijro uchun nazoratga olindi. 

Sharhlar

Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Andijonda qizlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi (video)

21.12.2022, 09:11

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qizlar o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, 7...
41 nafar odamni jarohatlagan Andijondagi avtohalokat qurbonlari soni ortdi

29.11.2022, 21:08

Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 26 noyabr kuni A-373 Toshkent-O`sh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oralig`ida "Isuzu"...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1