AsosiyJamiyat

Toshkentda ko`prik ostidagi betonga urilgan yuk avtomashinasi bo`yicha ma`lumot berildi

'Toshkentda ko`prik ostidagi betonga urilgan yuk avtomashinasi bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 9 iyul kuni soat 11:40larda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, KXAY-Bobur ko`chalari kesishmasi ko`prik ostida haydovchi, 1969 yilda tug`ilgan N.D. “HOVO” rusumli yuk avtomashinasida 3.13 “Cheklangan balandlik” yo`l belgisiga amal qilmay harakatlanib, ko`prik ostidagi betonga urilib, yo`l transport hodisasini sodir qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

️Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan mamuriy ish xujjatlari rasmiylashtirilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"️Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`rab qolamiz",– deyiladi xabarda. 

Boshqa yangiliklar