O`tgan yil oktyabr oyida Buxoro viloyati hokimligi sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan G`afur Normurodovich Saidov salomatligi tufayli bu lavozimni tark etdi.
Bu haqda bugun viloyat SSB majlislar zalida yig`ilgan tizim rahbarlariga Buxoro viloyati hokimining o`rinbosari M. Hamroev O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`ini o`qib berib, rasman ma`lum qildi.
Buyruqqa asosan viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib boshqarma boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Askar Solievich Bahronov tayinlangan.
Xalq deputatlari viloyat kengashining deputati G`afur Normurodovich Saidov 2021 yil 8 iyuldan e`tiboran Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining direktori vazifasiga tayinlangan. Eslatib o`tamiz, bu lavozimda u boshqarma boshlig`i vazifasiga kelgunga qadar ham ishlab kelgan edi.