1

“Afrosiyob” poezdi harakat jadvalida bir martalik o`zgarish bo`ladi

Jamiyat 11.07.2021, 19:33
“Afrosiyob” poezdi harakat jadvalida bir martalik o`zgarish bo`ladi

Navoiy-Buxoro yo`nalishidagi temiryo`lda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, 13 iyul kuni soat 7:28 da Toshkent-Buxoro yo`nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdining harakat jadvalida bir martalik o`zgarish bo`ladi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra mazkur poezd shu kuni Toshkent-Navoiy yo`nalishida harakatini amalga oshiradi.        Yo`lovchilar navoiydan buxorogacha “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi. 

13 iyul kuni Buxoro-Toshkent yo`nalishida qatnovini amalga oshiradigan 761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdi o`z vaqtida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, boshqa poezdlar harakat jadvalida ham o`zgarish bo`lmaydi.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1