1

Namanganda suvga talashish ortidan ko`tarilgan janjalning oqibati o`lim bilan yakun topdi

Jamiyat 12.07.2021, 13:42
Namanganda suvga talashish ortidan ko`tarilgan janjalning oqibati o`lim bilan yakun topdi

2021 yil 6 iyul kuni soat 21:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan N.O. MChJga qarashli mevali bog`da shu erda dehqonchilik bilan shug`ullangan, To`raqo`rg`on tumanida yashagan, 1958 yilda tug`ilgan M.N. bilan suv talashib o`zaro janjallanashdi. 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha,  N.O qo`li bilan M.N.ni boshiga urganligi oqibatida, u erga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. So`ngra N.O. M.N.ni To`raqo`rg`on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.

M.N. olgan tan jarohati bo`yicha To`raqo`rg`on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10 iyul kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning o`limi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to`qima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar Davlatobd tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni O`z.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1