1

2021 yilda 226 ta loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi

Jamiyat 12.07.2021, 14:59
2021 yilda 226 ta loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi

2021 yilda umumiy qiymati 6,5 mlrd. dollarga teng 226 ta yirik va muhim loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.  

2016-2020 yillarda barcha manbalar hisobidan asosiy kapitalga jami 89 mlrd. dollarlik investisiya kiritildi, ulardan 19,5 mlrd. dollari to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya va kreditlar.

Shu davr mobaynida davlat investisiya dasturlari doirasida 791 ta investisiya loyihasi amalga oshirildi va natijada 86 mingta yangi ish o`rni yaratildi. Hududiy investisiya dasturlari doirasida jami  

59,1 trln. so`mlik 10 586 ta loyihaning amalga oshirilishi 131,5 mingta yangi ish o`rni yaratilishiga imkon berdi.

2021 yilda umumiy qiymati 6,5 mlrd. dollarga teng 226 ta yirik va muhim loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1