1

Respublika sport musobaqalari g`oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilinganiga izoh berildi

Jamiyat 12.07.2021, 19:55
Respublika sport musobaqalari g`oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilinganiga izoh berildi

AOKAda sport musobaqalari g`oliblarining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bilan bog`liq masalalar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi. 

Anjumanda Rahimjon Hakimov, Oliy va o`rta maxsus ta`limi vaziri o`rinbosari Respublika sport musobaqalari g`oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilinganiga izoh berdi.  

 «O`zbekiston Prezidentining «2021/2022 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida»gi Qaroriga muvofiq,  2021/2022 o`quv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o`yinlari va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g`olib va sovrindor (1–3-o`rin) bo`lgan sportchi-o`quvchilar davlat oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki ta`lim shakllariga qo`shimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Ilgari bu imtiyoz respublika sport musobaqalarida g`alaba qozongan sportchilarga nisbatan ham bor edi. Joriy yildan ushbu imtiyoz bekor qilindi.  

Imtiyozga ega sportchilar qaysi yo`nalishlarga imtihonsiz kira oladi? Bu borada hozirda tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda va yaqin orada e`lon qilinadi.  

 Nima uchun respublika musobaqalaridagi imtiyoz bekor qilindi? Tahlillar shuni ko`rsatdiki, sport musobaqalari faqatgina oliy ta`lim muassasiga imtihonsiz kirishga yo`llanma uchun tashkil etilayotgandek bo`lib qolmoqda. Turli federasiyalar kerak bo`lmagan vaziyatlarda ham respublika chempionatlarini tashkil etib, imtiyozlar uchun yo`llanmalar taqdim etmoqdalar. Maqsad — yoshlarni sportga jalb etish yoki qiziqtirish emas, yo`llanmaga ega chiqish bo`lib qolgan holatlar ham mavjud. Shu bois ko`plab yoshlarning taklifi asosida ana shunday qaror qabul qilindi». 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1