Ayni vaqtda Turkiyaning OAV va ijtimoiy tarmoqlarida (Tik Tok va Youtube) keng tarqalayotgan O`zbekistondan Turkiyaga kelin bo`lib tushgan va ayni vaqtda uyidan qochib, o`g`rilikda ayblanayotgan fuqaro «D.Z.»ga nisbatan qo`yilayotgan ayblovlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olinganini ma`lum qilindi.
Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan mazkur ishni o`rganib chiqish uchun advokat jalb qilingan va mazkur xodisaga qonuniy baho berilgandan so`ng qo`shimcha tarzda ma`lumot berilishi aytilmoqda.






