AsosiyDunyo

Qozog`istonda karantin cheklovlari yana kuchaytirilmoqda

'Qozog`istonda karantin cheklovlari yana kuchaytirilmoqda'ning rasmi

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi munosabati bilan Idoralararo komissiya "qizil" zonada joylashgan hududlarda karantin cheklovlarini kuchaytirish bo`yicha choralar ko`rdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Bosh vazir o`rinbosari Erali Tug`djanov  ba`zi xizmat turlarini cheklab turish  bo`yicha  buyruq berdi:

  • Shaharlar, mintaqalararo,  muntazam (sayyohlik) avtobus va mikroavtobuslarida yolovchi  tashish;
  • Plyajlar va akvaparklarni yopish ;
  • jamoat transportidan foydalanish.

 

Dam olish kunlari va ta`til kunlarida quyidagi faoliyatlarni taqiqlash to`g`risida qaror qabul qilindi.Unga ko`ra:

 

  • fitness markazlari, fitness klublari, yoga markazlari, sport va dam olish maskanlari, saunalar, kurort markazlari, suzish havzalari.
  • kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari, filarmoniyalar, kompyuter klublari, bouling zallari, bilyard xonalari, karaoke, ko`rgazmalar;
  • maydoni 2000 m²gacha bo`lgan nooziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun ob`ektlar, ochiq bozorlar, yarmarkalar;
  • sport inshootlari (sport majmualari, sport maktablari, sport klublari, o`quv zallari);
  • o`quv markazlari, bolalar va kattalar uchun to`garaklar, bolalarni rivojlantirish markazlari;

 

Ish kunlari faoliyatni cheklash bo`yicha hamko`rsatmalar berildi:

  • Soat 20.00 gacha fitness markazlari, fitness klublari, yoga markazlari, sport va dam olish maskanlari, saunalar, SPA markazlari, sport inshootlari, suzish havzalari;
  • Savdo uylari, chakana savdo tarmoqlari soat 18.00 gacha ish yuritadi;

    Xulosa sifatida Bosh vazir o`rinbosari davlat organlari va viloyat hokimligi rahbarlariga tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shuningdek, aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni qamrab olish bo`yicha aniq ko`rsatmalar berdi.

 

Eslatib o`tamiz, bugun Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent, Oqmola, Aqto`be, Atirau, G`arbiy Qozog`iston, Qarag`anda, Qo`stanay, Mangistau va Pavlodar viloyatlari "qizil" zonada.

Boshqa yangiliklar