AsosiyJamiyat

2021 yilning I yarmida O`zbekiston ichki valyuta bozori qanday o`zgardi?

'2021 yilning  I yarmida O`zbekiston ichki valyuta bozori qanday o`zgardi?'ning rasmi

2021 yilning birinchi yarim yilligida O`zbekiston ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 9,8 mlrd, talab esa 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida so`z boradi.

Xususan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar 4,6 mlrd dollar, banklar va jismoniy shaxslar 3,7 mlrd dollar (2020 yilda – 2,4 mlrd dollar) sotildi. Davlat markazlashgan resurslari hisobidan esa 1,5 mlrd dollarlik chet el valyutasi sotildi.

Shuningdek, 6 oy ichida kompaniyalar 9,3 mlrd, fuqarolar 2 mlrd dollar sotib oldi. Xalqaro pul o`tkazmalari orqali mamlakatga 3,3 mlrd dollar kelib tushdi (o`sish - 1,4 barobarni tashkil etdi).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar