1

Shahrisabz shahrida 15 yoshli qiz uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan

Jamiyat 13.07.2021, 13:53
Shahrisabz shahrida 15 yoshli qiz uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Shahrisabz shahar Kunchiqar MFY, Osiyo ko`chasi 96-uyda yashagan, 2006 yil 13 oktyabr kuni tug`ilgan Ixtiyorova E`zoza Ixtiyor qizi 2021 yil 2 iyul kuni yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.

Qizning alohida belgilari: bo`yi 165-170sm, bug`doy rangli, sochi qora, yuzi yumaloq, ko`zlari o`rtacha kattalikda bo`lib qora rangda, kipriklari kalta, qoshlari qalin qora rangda, ozg`indan kelgan, quloqlari o`rtacha kattalikda, burni o`rtacha kattalikda, lablari ingichka.

Egnidagi bo`lgan kiyimlari: qizil “paplin” kuylagi, oq koftasi, tuqilgan ko`rinishdagi qora rangdagi tuflisi (makas) bo`lgan.  

E`zoza to`g`risida ma`lumotga ega bo`lsangiz  75-522-77-77, 75-522-78-15, 99-580-82-90 raqamlariga yoki yaqin oradagi IIBga xabar berishingiz so`ralmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1