AsosiyJamiyat

Ertaga Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavushog`lu Farg`onaga keladi

'Ertaga Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavushog`lu Farg`onaga keladi'ning rasmi

15-16 iyul kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog`lu o`z safarini Farg`onadan boshlaydi.  Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Chavushog`lu 14 iyul kuni Istanbuldan Farg`onaga uchib keladi. Kun davomida Turkiya tashqi ishlar vaziri Marg`ilondagi Hunarmandlar markazi, Qo`shtepa tumanidagi qovunchilik dalalari, Qo`qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi.

Shu kuni kechqurun Mevlyut Chavushog`lu Farg`onaga tashrifini yakunlab, xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketadi.

    Boshqa yangiliklar