AsosiyJamiyat

Toshkent shaharda 8-,9-,11-sinf o`quvchilari o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yirik janjalning oldi olindi

'Toshkent shaharda 8-,9-,11-sinf o`quvchilari o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yirik janjalning oldi olindi'ning rasmi

2021 yil 10 iyul kuni taxminan soat 20.30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shaxrisabz va Istiqlol ko`chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to`planganligi hamda o`zaro munosabatlarini hal qilishayotganligi, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Hodisa joyiga tezkorlik bilan etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o`nlab voyaga etmaganlarni – 8,9,11-sinf o`quvchilari o`zaro bahslashayotganligini aniqlashdi. Sodir bo`lgan voqeaning sabablarini o`rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMB ga olib kelingan.   

Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma`lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitganligi sabab bo`lgan.

Toshket shahar IIBB xodimlari voyaga etmaganlar bilan ro`y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berishgan va ularning ishtirokida profilaktik suhbat o`tkazishgan.

Sodir bo`lgan holat bo`yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar