Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida qayd etildi.
Ma`lum bo`lishicha, bugungi kunga qadar respublikaning 60 ta vazirlik va idoralari hamda 206 ta tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud 7 094 ta vakant lavozim uchun tanlov e`lon qilinib, 112 mingdan ortiq nomzodlar ishtirok etgan.
Bitta vakant o`ringa o`rtacha 20-22 nafar nomzod to`g`ri kelmoqda.
Eng ko`p vakant lavozimlar uchun tanlovlar Davlat soliq qo`mitasi (1 211 ta), Moliya vazirligi (1 053 ta), Xalq ta`limi vazirligi (962 ta), Qishloq xo`jaligi vazirligi (703 ta) tizimida tashkil etilgan.
Bugungi kunga qadar ishga qabul qilinganlardan 734 nafari (38%) — 30 yoshgacha bo`lgan kadrlar, 298 nafari (15%) davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlarni tashkil etadi.