Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudining 2021 yil 4 iyundagi hukmiga ko`ra, Nodir To`xtapo`latov Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud hukmiga ko`ra, N. To`xtapo`latov 2021 yil 3 yanvar kuni taxminan soat 19:30 larda Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Bayram ko`chasida joylashgan “Otalar oromgohi” choyxonasi oldida fuqaro A. Hakimov uning otasini “ko`rsan” deb haqorat qilganidan xabar topgan. Natijada o`ta shafqatsizlik bilan bezorilik oqibatida A. Hakimovning o`g`li Abdulaziz Hakimovning yuz qismiga mushti bilan bir necha marotaba urgan. So`ngra A. Hakimov erga yiqilib, hushidan ketganiga qaramay, bosh qismiga oyog`i bilan tepib, unga tan jarohati etkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, og`ir tan jarohati etkazilishi oqibatida Abdulaziz Hakimov shifoxonada vafot etgan.
Ayni paytda sudlangan N. To`xtapo`latovga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasida ko`rib chiqilmoqda.
Ishni ko`rish 2021 yil 1 iyul kuni boshlanib, sudlov hay`ati a`zolaridan biri betobligi sababli sud majlisi noma`lum muddatga qoldirilgan.






