“Uzbekistan Airways”AJ 2021 yil 12 iyulidan boshlab Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlardagi aviachiptalar narxining arzonlashgani haqida xabar beradi.
Parvozlar haftasida bir marta - yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Urganch – Istanbul yo`nalishidagi aviachipta narxi 2 732 647 so`mdan boshlanadi. Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi esa 4 080 081 so`mdan boshlanadi.
Narxlar 13.07.2021 holatiga ko`ra amal qiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways” Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






