“UzAuto Motors” Cobalt'ning ranggi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Cobalt avtomobilining ranggi bo`yicha xabarlar keng tarqatildi.
Kompaniya keltirilgan ma`lumotning asossiz ekanligini rasman e`lon qiladi. Fotosurat kompaniyaning rasmiy dilerlarida olinmagan.
OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so`rab qolamiz.